CHAPANDOZ

CHAPANDOZ (fors. — teskari, chapaqay) — 1) oʻzbek va tojik musiqasida 3/4+3/8 takt oʻlchovidagi murakkab doyra usuli. Talqin usulining aksi boʻlib (teskari ijro etilishi uchun) shunday nom olgan.

2) shu nomli doyra usuli joʻrligida ijro etiladigan mumtoz kuy va ashulalar. Koʻproq hazaji musammani solim (mafoilunmafoilun…) vaznidagi gazallar bilan ijro etiladi. Chapandozlar muayyan kuy va ashulaning Chapandoz usuliga tushirilgan varianti boʻlib, asosiy ashula yoʻli va nomi bilan qoʻshib ataladi (mac, «Chapandozi Navo», «Chapandozi Iroq»). Hozirda Chapandoz usuli va kuy yoʻllari talqinlaridan deyarli farq qilmaydi.