CHANCHUN

CHANCHUN — Xitoyning shim. sharqiy qismidagi shahar, Itunxe daryosi boʻyida. Girin provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 6,9 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Mashinasozlikning yirik markazi (transport vositalari, asosan, avtomobillar, stanoklar, radiotexnika, optik priborlar i. ch., radioelektronika). Kime (shina, plastmassa, oʻgʻitlar, dorilar i. ch.), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. FA filiali, universitet bor. Shaharga 19-a. boshlarida asos solingan. 1897 — 1903-y. larda XitoySharqiy t. y. ning kurilishi bilan yirik savdosanoat markaziga aylandi.