CHAN XING DAO

CHAN XING DAO (Tran Huʻng Dao) , Chan Kuok Tuan (Tran Quoc Tuan) (1226— 1300) — Vyetnam sarkardasi, Vyetnam xalqining moʻgʻul istilochilariga qarshi kurash tashkilotchisi. Moʻgʻullar Dayvyet (Vyetnam)ga 1257 — 58, 1284—85, 1287— 88 y. larda hujum qilishgan vaqtda mamlakat qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni (1283-y. dan). 1288-y. 9 apr. da Vyetnam qoʻshinlari Chan Xing Dao rahbarligida Batdang daryosi boʻyidagi jangda yirik gʻalabaga erishganlar. Natijada moʻgʻul istilochilari Dayvyet hududidan quvib chiqarilgan. Bu sana har yili milliy bayram sifatida nishonlanadi.