CHANOH

CHANOH, janoh (arab. — qanot) — Temuriylar davrida qoʻshin qanotini anglatgan istiloh. Sogʻ Chanoh va soʻl Chanoh qoʻshinning oʻng va chap qanotlarini anglatgan. Qoʻshinning oʻng va chap qanotlarini qoʻriqlab turuvchi maxsus harbiy boʻlinma ham Ch. deb atalgan.