CHANOQQALʼA

CHANOQQALʼA — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Chanoqqalʼa elining maʼmuriy markazi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Dardanell boʻgʻozidagi port. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Oziq-ovqat, keramika, kemasozlik va b. sanoat korxanalari mavjud.