CHAN KAYSHI

CHAN KAYSHI (Szyan Szeshi) (1887.31.10, Finxua, Chjeszyan viloyati — 1975.5.4, Taybey) — Xitoydagi gomindan maʼmuriyatining rahbari (1927-y. dan). Baodin va Tokiodagi harbiy akademiyalarni tugatgan. 1927-y. 12 apr. da harbiy toʻntarish qilib mamlakatda diktatorlik tuzumini oʻrnatgan. 1931-y. dan Gomindan (millatchi) partiyasi rahbari, 2-jahon urushida Yaponiya taslim boʻlgach, Xitoy kommunistik partiyasining koalitsion hukumat tuzish haqidagi taklifini rad etib, mamlakatda fuqarolar urushini boshlab yuborgan (1946, iyun). 1949-y. oxirida Tayvanga qochgan va u yerda gomindanchilar hukumatini tuzgan.