CHANGQOʻBIZ

CHANGQOʻBIZ, changqovuz — tilchali cholgʻu asbobi. Plastinkasimon va yoysimon turlari bor. Suyak, yogʻoch, qamish, gʻarov, metalldan yasaladi. Osiyo (Sibir, Uzoq Sharq, Oʻrta Osiyo), Afrika va Yevropa xalklarida turli nomda tarqalgan boʻlib, musiqiy folklor qatlamiga mansub cholgʻudir. Changqoʻbiz tishlarga yaqin ushlab yoki bosib turib, tilchasi (turiga qarab) unga bogʻlangan ip yordamida tortib yoki qoʻl barmoklari (odatda, koʻrsatgich barmoq) bilan tirnab chalinadi. Undan maʼlum balandlikdagi doimiy bir ovoz va shu ovoz obertonlaridan ogʻiz artikulyatsiyasi yordamida muayyan ohanglar chiqariladi. Ovozning balandpastligi ogʻiz boʻshligʻining kattakichik ochilishiga, cholgu tilchasining uzun va qalinligiga bogʻliqdir. Changqoʻbiz oʻziga xos past ovozi, nisbatan tor (oktava doirasidagi) diapazoni bilan ajralib turadi. Oʻtmishda oʻzbeklarda suyak Ch. («Alpomish» dostoni) va temir Ch. turlari boʻlib, asosan, xotinqizlar tomonidan qoʻllanilgan. Hozir Oʻzbekistonda, asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, shuningdek, Samarkand va Buxoro viloyatlarida temir Changqoʻbiz tarqalgan. 1990-y. lardan boshlab baʼzi folkloretnografik jamoalar tomonidan keng ishlatiladiganboʻddi. Changqoʻbiz maʼlum Temir changqoʻbiz. marosim bilan bogʻliq boʻlmay, unda oddiy (baʼzida badiha uslubidagi) kichik kuylar («Ch. kuy» yoki «Changqoʻbiz chertit») chalinadi. Shuningdek, Changqoʻbizda turli hayvonlarning ovozlariga oʻxshatmalar qilinadi.