CHAMPI

CHAMPI (Ciampi) Karlo Adzelyo (1920) — Italiya davlat arbobi. Filologik va yuridik oliy maʼlumotga ega. 2-jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakati ishtirokchisi. 1946-y. dan Italiya Bankida mehnat faoliyatini boshlagan (1997-y. dan boshqaruvchisi). 1993—94 y. larda Italiya hukumati raisi. 1996-y. dan Italiya xazinachilik vaziri, 1999-y. 13-maydan Italiya Respubikasi prezidenta.