CHAMBAL

CHAMBAL — Hindistondagi daryo, Jamna daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 830 km, havzasining mayd. 135 ming km2. Vindhya togʻlaridan boshlanib, Malva platosini kesib oʻtadi. Oʻrtacha suv sarfi 600 m3/sek. Suvi, asosan, sugʻorishga sarflanadi. GES bor. Rampur sh. yaqinida yirik suv ombori qurilgan. Daryoning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Chambal boʻyida Kota sh. joylashgan.