CHALQARTENGIZ

CHALQARTENGIZ — Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻba viloyatidagi shoʻrxok. Orol dengizining shim. sharqidagi botiqsa. Mayd. 1800 km2, uz. 74 km, chuqurligi 3 m. Kirgʻoqlari past, yotiq, qumloq jinslardan tuzilgan. Tubi tekis, balchiq bilan qoplangan. Bahorda Chalqartengizga Irgʻiz va Toʻrgʻay daryolari quyiladi va achchiqshoʻr koʻlga aylanadi.