CHALOB

CHALOB — qatiq yoki suzmadan tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik. Chalobni tayyorlash uchun suzma (1 kg suzmaga 2 l suv) qaynatib sovitilgan suv bilan yaxshilab atalanadi. Soʻng tuz, qalampir, koʻkpiyoz, kashnich, ukrop, rayhon va b. ni mayda toʻgʻrab, atalangan suzmaga solib aralashtiriladi. Tayyor Chalob isteʼmoldan oldin sovitiladi yoki muz solinadi. Chalob yozning issiq kunlarida chanqoqni yaxshi bosadi.