CHALABUTALAR

CHALABUTALAR — tanasining faqat pastki qismi yogʻochlanib, qolgan yuqori qismlari qishda qurib qoladigan koʻp yillik oʻsimliklar. Ana shu xususiyati bilan buta va butachalardan farq kiladi. Chalabutalar arid oʻlkalart oʻsishga koʻproq moslashgan. Mac, teresken, choʻl va adirlarda oʻsuvchi shuvoqpint baʼzi turlari, shoʻra va b. Boʻyi oʻrtacha 80 sm, baʼzan 150—200 sm. Chalabutalar koʻp yillik oʻtlardan kurtak chiqaradigan shoxlarning yer ustidan bir necha sm yuqorida oʻrnashganligi bilan farqlanadi.