CHAKCHAK

CHAKCHAK — xamirdan tayyorlanadigan shirinlik turi. Chakchak uchun tuxumning sarigʻi togʻorachaga solinib atalanadi va unga tuz, konyak (araq) qoʻshib xamir qoriladi. Xamir bir oz oʻrab tindirilgach, oʻqlov bilan 2 mm qalinlikda yoyilib, turli shakl va oʻlchamlarda kesiladi va qizib turgan yogʻda ozozdan qovurib olinadi. Boshka bir idishga asal solib olovga qoʻyiladi. Asal erib suyulgach, shakar qoʻshib yana olovga qoʻyib, qiyom tayerlanadi. Qovurib olingan xamir qiyomga (sovimasdan) aralashtiriladi va yogʻlangan yuza idishlarga uyub solinib qoʻl bilan bosiladi. Tayyor Chakchakning ustini yongʻoq yoki mayda konfetlar bilan bezatiladi. Chakchak, asosan, toʻylar, bayramlar, tantanali oilaviy marosimlarda tayerlanadi.