CHAKSA

CHAKSA — Oʻzbekiston hududidagi qad. oʻlchov birligi. Asosan, pudning 1/3 qismiga teng boʻlgan. Oʻzbekistonning Koson, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida, Tojikistonning Xoʻjand sh. atroflarida hozir ham aholi tomonidan foydalaniladi.