CHAKKA

CHAKKA — suzmaga oshkoʻklar aralashtirib tayyorlanadigan xushxoʻr parhez taom. Bu taom koʻproq Samarkand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yoz oylarida tayyorlanadi. Chakka tayyorlash uchun suzma yaxshilab iylanib tuz, tuyilgan murch, mayda toʻgʻralgan koʻkpiyoz, kashnich, ukrop, rayhon qoʻshib aralashtiriladi. Chakka salat sifatida dasturxonga tortiladi.