CHAKANA SAVDO

CHAKANA SAVDO — tovarlarni donalab yoki kichik toʻp bilan sotish va sotib olish; Ch. s. tovarlarni shaxsiy yoki uy xoʻjaligida pirovard isteʼmolga sotishning asosiy shakli boʻlib, dehqon bozorlari, kichik doʻkonlar, supermarketlar orqali amalga oshiriladi (q. Savdo).