CHAKA

CHAKA, Shaka (taxm. 17871828-y. sent.) — zulular hokimi (inkosi). Hoz. Natal (JAR) provinsiyasidagi qardosh qabilalar birlashmasiga bosh boʻlgan, soʻngra oʻz hokimiyatini hoz. Transvaalning bir qismi, Kap va Oranj viloyatlarida oʻrnatgan. Intizomli qoʻshin tuzgan. Chaka hokimligi davrida zulularda davlatchilikka asos solingan. Chaka hayotining oxirida cheklanmagan hokimiyatga ega boʻlgach, zolim mutlaq xukmdorga aylangan. Fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.