CHAYNASH

CHAYNASH — ogʻizda ovqatni maydalash, ezish, ularni soʻlak bilan namlash va yutum hosil kilishdan iborat fiziologik jarayon. Odam va koʻpgina hayvonlarda Chaynash chaynov muskullari kiyekdrganda, pastki jagʻ harakatining yuqori jagʻ harakatiga nisbatan turlicha oʻzgarishi natijasida amalga oshadi. Chaynashda til va lunjlar harakati ham ahamiyatga ega. Chaynash apparatining shikastlanishi, ayniqsa, tishlarning boʻlmasligi yoki yetishmasligi ovqat hazm qilish aʼzolarining kasallanishiga olib keladi.