CHAYKOVSKIY Pyotr Ilich

CHAYKOVSKIY Pyotr Ilich [1840.25.4(7.5), hoz. Votkinsk — 1893.25.10 (6.11), Peterburg] rus kompozitori, yirik simfoniyachi, musiqiy dramaturg, dirijyor, pedagog. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1865). Moskva konservatoriyasida prof. (1866—78). Rus musiqa jamiyati Moskva boʻlimining direktori (1885-y. dan). 1887-y. dan Rossiya, shuningdek, Yevropa va AQSHda gastrolda boʻlib, asosan, oʻz asarlariga dirijyorlik kilgan. Chaykovskiy chu kur milliy, xalqchil va demokratik uslubdagi opera, balet, simfonik va kamer asarlarning yuksak namunalarini yaratgan. Uning ijodi rus romanei, xalq qoʻshiqlari va romantizm davri ohanglariga asoslangan oʻziga xos musiqa uslubi bilan ajralib turadi. Chaykovskiy musiqasi nihoyatda taʼsirchanligi, ajoyib ohangdorligi, yorqin ifodaviy vositalari, jushkin, hayajonli kuylarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Ijodida oʻta nozik ruxjifl jarayonlar bilan birga kulami keng — muhabbat va taqsir, hayot va ulim, tabiat kabi mavzular oʻzining yuksak badiiy ifodasini topgan. Chaykovskiy turli janrlarda boy ijodiy meros qoldirib, 10 opera, 3 balet, 6 simfoniya, simfonik fantaziya, uvertyura va syuitalar, 3 fortepiano va 1 skripka konsertlari, diniy mavzudagi xor asarlari, shuningdek, fortepiano, skripka uchun pyesalar hamda vokal musiqaning yetuk namunalarini yaratgan. Ayniqsa, 4—6 simfoniyalari (1877—1893), «Francheska da Rimini» (1876) va «Romeo va Julyegta» (1869) simfonik uvertyura—fantaziyalar, «Italyancha kaprichio» (1880), skripka (1878) va 1fortepiano (1875) konsertlari, «Yevgeniy Onegin» (1878), «Qargʻa motkasi» (1890), «Iolanta» (1891) operalari, «Oqqush koʻli» (1876), «Uyqudagi goʻzal» (1889), «Shchelkunchik» (1892) baletlari jahon simfonizma choʻqqilari hisoblanadi. Garmoniyadan rus tilida birinchi darelik («Garmoniyani amaliy oʻrganish boʻyicha qoʻllanma», 1872) muallifi. Chaykovskiyning barcha asarlari tuda nashr etilgan (Polnoye sobraniye sochineniy, t. 1—63, M., 1940—90). Votkinsk sh. da memorial muzeyi (1894-y. dan) va Klin (1940) sh. da Chaykovskiy uymuzeyi bor. Moskva konservatoriyasi, 1958-y. dan Moskvada oʻtkaziladigan musiqa ijrochilari xalqaro tanlovi va b. ga Chaykovskiy nomi berilgan.