CHAYIR

CHAYIR, shair (Andropogon L.) — soyabonguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ozuqabop ekin. Tropik va subtropik mamlakatlarda 25 ga yaqin turi maʼlum. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz va Qrimda 2 turi (oddiy Chayir hamda Kavkaz Chayiri) oʻsadi. Quruq dashtlarga moslashgan. Ildizi yoʻgʻon, etdor. Poyasi bitta, baʼzan ikkiuchta, yuqori qismidan shoxlangan. Gullari sariq, shoxlari uchidagi murakkab soyabon toʻpgulga joylashgan. May oyida gullaydi, urugʻi iyulda pishadi. 100 kg koʻk massasi tarkibida 24,2 ozuqa birligi va 1,4 kg hazm boʻladigan protein (xashagida tegishlicha 37,7 va 3,3 kg) bor. Oʻzbekistonning Nurota togʻi, mirzachoʻl hamda Qizilqumdagi past togʻlarning toshloq yon bagʻirlarida oʻsadi. Ildizlarida shirasmola, kraxmal, barglarida efir moyi bor. Smola xalk, tabobatida turli jarohatlarni davolashda, ilmiy tibbiyotda qon toʻxtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Barcha q. x. hayvonlari uchun yaxshi yemxashak hisoblanadi.