AHMETOV

AHMETOV Sirojiddin (1928.12.9, Chimboy tumani — 1996.4.6, Nukus sh.) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston (1975) va Qoraqalpogʻiston (1973)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filol. fanlari d-ri (1966), prof. (1970). Nukus davlat pedagogika in-tini tugatgan (1947). Shu in-tda Ukituvchi, kafedra mudiri, dekan (1948—50, 1954-76), Qorakalpogʻiston davlat untida dekan (1976—81), kafedra mudiri (1981 ydan). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiyotining taraqqiyot bosqichlari, turli janrlari va ularning rivoji kabi mavzularga bagʻishlangan. «Adabiyot va tanqid» (1978), «Qoraqalpoq adabiy tanqidi va adabiyotshunosligi tarixidan» (1980) va b. asarlar, shuningdek darslik, oʻquv Koʻllanmalari muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).