AHMEDOV

AHMEDOV Fayzulla (1936.28.8, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (1999). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1963). 1958-y. dan Muqimiy teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Sulton («Jon qizlar»). Samandarov («Ujarlar»), Gersog Arsenio («Un ikkinchi kecha»), Jaynob Botir («Ravshan va Zulxumor»), Toshbolta («Toshbolta oshiq tadbirkor»), Haqquli («Nodirabegim»), Boltaboy («Quyovlar konkursi»), Otajon moryak («Super qaynona») va b. Videofilmlarda ham Bobo («Navoiy»), Darvesh Gov («Bobur»), Orif ota («Koʻngil koʻchalari») kabi obrazlar yaratdi. «Akbarning sarguzashti» (Jabbor), «Yolgiz yodgorim» (Rahmonberdi) singari filmlarda suratga tushgan. Mingdan ortiq film dublyajida qatnashgan.