AHMADSHOH

AHMADSHOH (1897 – 1930) — Eronda hukm surgan qojorlar sulolasining soʻnggi shohi (1909 — 25). Eron siyosiy hayotida sezilarli rol oʻynamagan. Harbiy vazir Rizoxon uni davlat ishlaridan chetlatib qoʻygani tufayli, koʻp vaqtini chet elda oʻtkazdi. Taxtdan tushirilgach (1925-y. okt.), qojorlar sulolasi oʻrniga pahlaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. A. Fransiyada vafot etgan.