AHMADNAGAR

AHMADNAGAR — Dekan (Markaziy Hindiston)da inqirozga yuz tutgan Bahmaniylar sultonligi xarobalari oʻrnida vujudga kelgan oʻrta asr hind davlati. 1490-y. da Bahmaniy davlatining Jun-nor viloyatidagi noibi Malik Ahmad oʻzini nizomshoh unvoni bilan mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan. Ahmadnagar sh. (1494-y. asos solingan) Ahmadnagar davlatining poytaxti boʻlgan. 16-a. oxiri — 17 – a. boshida Ahmadnagar Boburiylar b-n uzoq urushlar olib borgan. 1636-y. A. ni Shoh Jahon butunlay egallab, oʻgʻli Avrangzebni Dekanga noib etib tayinlagan.