AHMADNAGAR

AHMADNAGAR — Hindiston gʻarbidagi shahar, Maharashtra shtatida. Sina daryosi sohilida. T. y. stansiyasi. Aholisi 200 mingdan ziyod (1990). Paxta tozalash, ipgazlama, trikotaj, koʻn-teri sanoati korxonalari bor. Shaharga Bagʻmaniylar sultonining voliysi Malik Ahmad tomonidan 1494-y. asos solingan va Ahmadnagar davlatining poytaxti, 1636-y. dan Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan.