AEROFOTORAZVEDKA

AEROFOTORAZVEDKA — samolyot yoki boshqa uchish apparatlariga oʻrnatilgan aerofotoapparatlar yordamida yerdagi obyektlarni suratga olish. Aerofotorazvedkani uchuvchisiz yoki maxsus razvedkachi samolyotlar bajaradi. Razvedkachi samolyotda bir necha fotoapparat boʻlib, ular yerdan berilgan dastur-topshiriqqa binoan avtomatik ravishda suratga oladi yoki uchuvchi tegishli obyektlarni tanlab suratga oladi. Harbiy ishda dushman qarorgohlari va obyektlarini, strategik inshootlarini suratga oliщda Aerofotorazvedkadan foydalaniladi.