AʼZAMOV Georgiy Tojiyevich

AʼZAMOV Georgiy Tojiyevich (1954.6.9, Olmaliq sh. – 1986.27.8, Sevastopol sh. yaqinida) — shaxmatchi. Birinchi oʻzbek xalqaro grossmeysteri (1984). Sobiq Ittifoq chempionatlari ishtirokchisi (1981, 1983, 1985), ikki karra Oʻzbekiston chempioni (1976, 1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fizkultura va sport xodimi (1984). Jahon birinchiligi mintaqaviy turniri (Yerevan, 1982)da 7—8-oʻrinlarni egallagan. Koʻplab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. Oʻzbekistonda Aʼzamov xotirasiga bagʻishlab anʼanaviy turnir oʻtkazib turiladi.

Ad.: Muhiddinov M., Aʼzamovlar sulolasi, T., 1984.