ACHCHIQJOM

ACHCHIQJOM, achchiq kosa — zargarlikda mis kosa. Uzuk, bilaguzuk, zirak kabi ziynat buyumlarini achchiqtosh eritmasi, kislotada qaynatib, yuzidagi kir zanglarni ketkazishda ishlatiladi.