ACHCHIQBODOM

ACHCHIQBODOM (Amygdalus bucharisa) — raʼnodoshlar oilasiga mansub kichkina daraxt yoki buta. Balandligi 1,5 m ga yaqin. Barglari nashtarsimon yoki tuxumsimon, boʻyi 3 — 4, eni 1,5 — 2 sm, bir yillik novdalarida bittadan, eski novdalarida gʻuj-gʻuj joylashgan. Gullari ikki jinsli, och binafsha rangli, boʻyi 14—19, eni 8—11 mm. Bodomning poʻsti qalin tuk bilan qoplangan, boʻyi 20 — 38 mm. Magʻzi achchiq. Achchiqbodom mart — apr. da gullab, iyun — iyulda meva beradi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshksnt viloyatlarining dengiz sathidan 850 — 2500 m balandlikdagi adir va togʻlarida, tosh oralarida va sershagʻal tuproqlarda oʻsadi. Achchiqbodomdan shirin magʻizli bodom va shaftoli yetishtirishda payvandtag sifatida va kam suv, shagʻalli adir va togʻ qiyalarini daraxtzor va mevazorlashtirishda foydalaniladi. Magʻzida 50% moy va 2,5 — 4% gacha amigdalin glyukozidi bor, undan har xil dorilar tayyorlanadi. Achchiqbodom moyi yoʻtal, istis-qo, zotiljam va buyrak kasalliklariga davo. Mahalliy aholi A. ning il-diz poʻstidan matolarni sariq rangga boʻyashda va teri oshlashda foydalanadi.