ACHINSK

ACHINSK — RF Krasnoyarsk oʻlkasidagi shahar (1782-y. dan). Chulim daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Aholisi 122 ming kishidan ziyod (1999). Tegirmon, goʻsht, glinozyom k-tlari, tikuvchilik va mebel f-kalari, mexanika, pivo, neftni qayta ishlash z-dlari bor. A. yaqinidan koʻmir va oqaktosh qazib chiqariladi. Oʻlkashunoslik, tarix muzeylari, teatr bor. Achinskga 1682-y. da asos solingan.