ATSETON

ATSETON (lot. acetum — sirka) , dimetilketon, SN3SOSN3 — organik birikma, eng oddiy keton. Mol. m. 58,079. Uchuvchan uziga xos hidli, rangsiz suyuqlik, suvga yaxshi aralashadi, tez oʻt olib ketadi; zichligi 792 kg/m3, suyuqlanish t-rasi — 94°, qaynash t-rasi 56,2°. Ketonlarga xos xossalarni namoyon qiladi. Aseton qizdirilganda (taxm. 700° da) keton SN^ q S q O hosil boʻladi. Ishqorlar taʼsirida galogenlar bilan reaksiyaga kirishib, yodoform, bromoform, xloroform hosil qiladi. Fenol b-n bir qatorda izopropilbenzolni oksidlab va oksidlanish mahsuloti — gidroperoksidni parchalab olinadi. Adan xilma-xil maxsulotlar sintez qilish mumkin. Adan sulfanol ham olinadi. Aseton sanoatda nitrotsellyuloza va atsetilsemyuloztt erituvchi sifatida, sintetik kauchuklar, boʻyoq olishda va b. maqsadlarda ishlatiladi.