AXMEROVA Laylo Bekniyozovna

AXMEROVA Laylo Bekniyozovna (1957.1.5, Andijon) — chim ustida xokkeychi, xalqaro klassdagi sport ustasi, olimpiya oʻyinlari sovrivdori. Andijon chet-tillar in-tini bitirgan (1978). «Andijanka» chim ustida xokkey jamoasi tarkibida oʻynab uch marta mamlakat chempioni boʻlgan (1979, 1980, 1986). Mamlakat terma jamoasi xokkeychilari b-n birgalikda olimpiada (1980) xamda jahon chempionati (1981)da bronza medallarini qoʻlga kiritgan.