AUTOINVAZIYA

AUTOINVAZIYA (auto… va lot. invasio — hujum) — odam yoki hayvonlardagi gijja kasalligining oʻziga qayta yuqishi. Mas, bolalarning hojatdan keyin barmoqlarini yuvmasdan ogʻziga solishi natijasida gijja tuxumlari meʼda-ichak yoʻliga kirib, yana rivojlanadi. Koʻpincha ostritsalar shu yoʻl b-n yuqadi.