AUSTERLIS JANGI

AUSTERLIS JANGI (1805.20.11. (2.12) ) — 1805-y. gi Rossiya-Avstriya-Fransiya urushi paytida Austerlis sh. (hoz. Chexiyaning Slavkov sh.) yaqinida Rossiya-Avstriya qoʻshinlari bilan Fransiya qoʻshinlari oʻrtasidagi hal qiluvchi jang. Napoleon I boshchiligidagi fransuz armiyasi M. I. Kutuzov qoʻmondonligidagi rus-avstriya qoʻshinlarini tor-mor qilgan. Jangdan soʻng 3-antifransuz koalitsiyasi tarqab ketgan.