ATROPATENA

ATROPATENA (yoki Kichik Midiya, Aderbigan) — Jan. Ozarbayjonning yunoncha nomi. Atropatena qad. Midiyaning shim. qismini (hoz. Talish toglari, Arake daryosi va Urmiya koʻllari hududini) oʻz ichiga olgan. Atropatena shu joyning mil. av. 4 – a. dagi hokimi — Atropat (Axomaniylar satrapi) nomidan olingan. Antik davr muarrixlarining Atropatena haqida bergan maʼlumotlari Atropatenani ilk kuldorlik davlati va zardushtiylik dinining asosiy markazlaridan biri deb hisoblash imkonini beradi. 7 – a. da Atropatena Arab xalifaligi tomonidan fath etilgan.