ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA XALQARO AGENTLIK

ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA XALQARO AGENTLIK (AEXA) – (MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish boʻyicha hukumatlararo tashkilot, BMTning Nyu-York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-y. sent. da qabul qilinib, 1957-y. 29-iyulda kuchga kirgan. Bosh qarorgohi — Vena sh. (Avstriya)da. AEXAga 114 mamlakat (1997-y.) aʼzo. AEXA maxsus tashkilotlar katoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT b-n uning aloqalari 1957-y. 14 noyab. da BMT Bosh Assambleyasi bilan imzolangan bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu bitim va AEXA Nizomiga asosan agentlik har yilda kamida bir marta faoliyati toʻgʻrisida BMT Bosh Assambleyasi yoki zarurat paydo boʻlganda uning Xavfsizlik Kengashi oldida hisobot beradi. Agentlikning asosiy maqsadi atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turli mamlakatlarda oʻz i. t. laboratoriyalari bor. AEXA rivojlanayotgan davlatlarga yadro xavfeizligi va radiatsion himoya uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan yordamlashadi. AEXAning asosiy faoliyatiga kiradigan sohalar: qurol-yarogʻ ishlab chiqaradgan yadro texnologiyasini qattiq nazoratgaolish; yadro energetikasi sohasida yordam koʻrsatish; radioaktiv chiqindilarni toʻgʻri va xavfeiz koʻmish; shu sohaga oid Norma va Qoidalarni ekspert-yuristlar yordamida tayyorlash; i. t. dasturlarini qoʻllab-quvvatlash; avariyalarga oid dasturlar ishlab chiqish; q. x. da yadroviy usullar va radioaktiv moddalar yordamida hosildorlik va tuproq unumdorligini oshirish; q. x. va chorvachilikda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va b.

Oʻzbekiston Respublikasi 1994-y. 21 yanv. da AEXAga aʼzo boʻlib, xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq xoʻjaligida foydalanish, radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro standartlar, qonunqoidalarga rioya qilishni oʻz zimmasiga olgan. Agentlik oliy organi — Bosh konferensiya aʼzo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan va har navbatdagi sessiyaga yigʻiladi. Nizom boʻyicha navbatdan tashqari sessiyalar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan. AEXA Boshqaruvchilar kengashi agentlik ishlab chiqqan dastur, atom energiyasi soxasida umumiy siyosat va boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Mazkur kengash tarkibiga 35 davlat vakillari kiradi.