ATMOSFERA DISPERSIYASI

ATMOSFERA DISPERSIYASI — yoritkich (yulduzlar) tasvirining spektrlarga ajralishi. Yulduzdan kelayotgan turli toʻlqin uzunligidagi nurlar Yer atmos-ferasidan oʻtishi jarayonida turlicha burchak ostida sinib tasvirda ranglarga ajraladi va shu sababli yoritqichning tasviri bir oz choʻziqroq boʻlib chiqadi. Yoritqichning zenit masofasi ortishi bilan tasvir choʻziqligi ham ortadi, binafsha nurlar qizil nurlarga Karaganda koʻproq singanidan ular hosil qilgan tasvir zenit tomonga surilgan boʻladi. Natijada yoritqich tasviri spektrlarga ajraladi. Atmosfera dispersiyasi tufayli, mas, Atmosfera dispersiyasi sinfga tegishli yulduz bilan K sinfga tegishli yulduz vaziyatlari farqi 45° zenit masofada 0,1 — 0,2 orasida boʻladi. Koordinatlarni katta aniqlikda oʻlchashda Atmosfera dispersiyasini hisobga olish yoki uning taʼsirini kamaytirish kerak.