ATIRGUL

ATIRGUL — atirgul shaklidagi bezak, amaliy bezak sanʼatida keng qoʻllanadi. Atirgul kashtachilik (jumladan, doʻppidoʻzlik)da milliy iroqi usuli bilan tikib, zargarlik (bilaguzuk yuziga), miskarlik (mis idishlar bezagi)da oʻyib va b. usulda yaratiladi.