ASYUT

ASYUT — MAP jan. dagi shahar, Nil daryosining chap sohilidagi port, t. y. stansiyasi; Asyut muhofazasi maʼmuriy markazi. Aholisi 290 ming kishidan ortiq. Mamlakatning savdo-transport markazlaridan. Koʻn poyabzal, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. Un-t bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Asyut yaqinida katta toʻgʻon qurilgan.