ASFALT

ASFALT — bogʻlovchi qurilish materiali; bitumga mayda mineral toʻldirgich qoʻshib tayyorlanadi. Asfaltning tabiiy (nisbatan kam uchraydi) va sunʼiy xillari bor. Tabiiy Asfalt neftdan, gipergeneza (atmosfera) taʼsirida yengil fraksiyalarning bugʻlanishi va oksidlanishi natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy Asfalt, asosan, 13—60% neft bitumning ohaktosh kukuni bilan aralashmasidan tayyorlanadi. Asfalt gidroizolyatsiya materiali sifatida, pol va yoʻllarga yotqizish, qoplamalar toʻshash uchun qum, shagʻal, chaqiq tosh bilan aralashtirib ishlatiladi.