ASTROLYABIYA

ASTROLYABIYA (lot. astrolibium) , usturlab — joyning geografik koordinatalarini, vaqtni, obyektning azimutini, yulduzlarning chiqish va botish paytlarini, shuningdek amaliy astronomiyaning boshqa masalalarini hal qilishda ishlatiladigan koʻchma astronomik asbob. A. qadim zamonlardan (mil. av. 2-a. dan) beri maʼlum. Turli davrlarda tuzilishi va tashqi koʻrinishi turlicha boʻlgan. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida keng tapqalgan. Astrolyabiya darajalarga boʻlingan doira, chizgʻich va vizirlovchi dioptrdan ibo-rat. Yoritqich balandligini aniqlash paytida Astrolyabiya maxsus halqa yordamida osib qoʻyilgan17-a. da tayyorlangan Astrolyabiya larning biri Toshkentdagi tarix muzeyida saqlanmoqda. Astrolyabiya gorizon-tal burchaklarni oʻlchashda keng qoʻllanilgan. Hozir qoʻllaniladigan Astrolyabiya astrometriya muammolarini hal qilishda keng ishlatiladigan murakkab asbob. Shulardan biri Danton Astrolyabiyasi deyiladi. Uning yordamida vaqtni, geografik kenglama va uzunlamani aniqlash. Yer qobigʻining harakatini tekshirish mumkin.