ASPARAGIN KISLOTA

ASPARAGIN KISLOTA (aminokax-rabokislota) , – rangsiz kristallar, dikarbon aminokislotalardan biri, Mol. m. 133,1. A. k. hayvon va oʻsimlik oksillari tarkibida koʻp miqdorda uchraydi, ularda azot moddalarining almashinuvida muhim rol uynaydi. U pirimidin asoslari hosil boʻlishida, mochevina sintezida ham ishtirok etadi. Barcha organizmlarda erkin holda hamda oqsillar tarkibida mavjud boʻlganligi uchun uni sintez qilib olish mumkin. Asparagin kislotaning amidlanishidan asparagin hosil boʻladi. Asparagin kislotani ilk bor 1868-y. da G. Ritxauzen konglutin va legumin oqsillaridan ajratib olgan.