ASOS BOʻYOQLAR

ASOS BOʻYOQLAR — asoslarning xossalarini namoyon qiluvchi organik boʻyoqlar. Tarkibida aminoguruhlar boʻladi. Asos boʻyoqlar turli rangli yorqin boʻyoqlar. Ular asosan qogʻoz, teri, yogʻoch va b. ni boʻyashda qoʻllaniladi. Asos boʻyoqlar va fosfor-volframmolibden kislota tuzlari poligrafiyada keng ishlatiladi. Poliakrilonitril tolalarni boʻyash uchun qoʻllaniladigan Asos boʻyoqlar juda yorqin va mustahkam boʻladi.