ARGʻIN — 1) Oʻrta juz, qisman Kichik juz tarkibiga kirgan qozoklarning koʻp sonli qabilasi. 19-a. oxirida Argʻinlar 500 ming kishi boʻlgan. Argʻin 15-ada qozoq elatining shakllanishida ishtirok etgan asosiy boʻgʻimlar qatoriga kiradi. Sharkay Qozogʻiston hududida koʻchmanchilik b-n mashgul boʻlishgan. Argʻin tili — hoz. qozoq adabiy tiliga asos boʻlgan qozoq tilining shim.-sharqiy lahjasi.
2) Oʻzbeklar va qirgʻizlar tarkibidagi urugʻ. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida argʻu tarzida uchraydi. A. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda ham etnonim yoki toponim sifatida uchrab turadi.