ARQOQ

ARQOQ, urish — gazlama toʻqishda tanda ipi bilan kesishuvchi va oʻrishuvchi koʻndalang ip. Odatda, Arqoq naychalarga oʻralib, moki vositasida tanda komi (zevi) dan oʻtkaziladi. Arqoq tabiiy (ipak, paxta tolasi, jun) va sunʼiy (viskoza, neylon, lavsan) tolalardan tayyorlanadi.