ARYAVARTA

ARYAVARTA («oriylar mamlakati») — Shim. Hindistonning markaziy qismining qad. hindlar tomonidan atalishi. Qad. hindlarning tasavvuricha, Aryavarta mamlakatida Hindistonning boshqa xalqlariga qaraganda «olijanob» kishilar yashagan. Bunday qarashlar bejiz boʻlmagan, albatta, chunki Hindistonning aynan mana shu qismi qad. hind tamadduni (sivilizatsiyasi)ning oʻchogʻi, Mauriyalar davlati joylashgan oʻlka boʻlgan. Bu yerda brahmanizm, buddizm va jaynizm kabi dinlar shakllangan, unda yashagan xalqlarning adabiy tillari — sanskrit va pali — butun Hindistonning adabiy tiliga aylangan.