ARSHAKIYLAR

ARSHAKIYLAR — Parfiya podsholari sulolasi (mil. av. 250 — mil. 224). Sulolaga Kaspiy dengizining jan.-sharqiy qismida yashagan parn qabilasining boshligʻi Arshak asos solgan. Beruniy A. ni Xorazmning mifologik qahramoni Siyovushdan tarqagan deb hisoblaydi. Bu sulolaning mashxur vakillari: Arshak I (250 – 248Gʻ247), Tiridat I (248/247 – 211), Artabon I (211-191), Pri-anat (191 – 176), Fraat I (175 – 170), Mitridat I (170 – 138/137), Fraat II (138/137 – 128), Artabon II (128 – 124/123), Mitridat II (123 – 88/87), Fraat III (70/69 – 58/57), Orod II (57 – 37/36), Fraat V (mil. av. 2—mil. 4), Vonon I (7/8 – 12), Artabon III (12 – 38), Gotarz II (38-51), Vologes I (51/52 – 79/80), Mitridat IV (128/129 – 147), Vologes III (148 – 192), Vologes IV (192 – 207/208), Vologes V (507/208 – 222), Artabon V (209 – 224).