ARXEOLOGIK MADANIYAT

ARXEOLOGIK MADANIYAT — oʻziga xos etn. xususiyatlari bilan ajralib turadigan muayyan davrga va hududga doir arxeologik yodgorliklar birligi. Ayrim yoki bir qancha belgilarga, xususan, sopol buyumlarning shakli, naqshi, marhumlarni dafn etish tartibi, mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor anjomlari va b. ga koʻra belgilanadi. Yodgorliklar qayerdan topilsa, shu joyning nomi bilan yuritiladi (mas, Krvunchi madaniyati). Arxeologik madaniyatni oʻrganish bilan baʼzan biror kabila yoki xalqning muayyan tarixiy davrdagi i. ch. kuchlari va munosabatlarining darajasi hamda ularda sodir boʻltan ayrim oʻzgarishlar aniqlab olinadi. Baʼzi Arxeologik madaniyat tarixiy manbalardan maʼlum boʻlgan mashhur qabilalarga tegishli boʻlib chiqadi (mas, Kushon madaniyati qad. kushonlarga tegishli). Moddiy madaniyat elementlaridagi oʻxshashlik hamma vaqt ham aholining etnik va kelib chiqish birligini ifodalayvermaydi, chunki bir-biriga yaqin ijtimoiy va geografik sharoitda xamda ibtidoiy texnika davrida qabilalar hayoti va madaniyatida oʻxshashliklar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, madaniyatning ayrim elementlari shu madaniyatni yaratgan xalq yoki qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi natijasida boshqa qabila yoki xalqlarga oʻtishi mumkin. Arxeologik madaniyatni oʻrganish yozma tarixiy maibalar paydo boʻlmasdan oldin yashagan qabila va xalqlarning tarixini yozish uchun imkoniyat yaratib beradi.