ARKTOGEYa

ARKTOGEYa (yun. arktos — shimol va gaia — yer) — quruqlik faunasi dunyosi. Shim. Amerika, Yevrosiyo (Arabiston yarim oroli, Hindiston va Hindixitoydan tashqari), Shim. Afrikani (Sahroi Kabir bilan birga) oʻz ichiga oladi. Yagona zoogeografiya oblasti — Golarktikadan iborat. Baʼzan A. Neoarktika va Palearktika oblastlariga ajratiladi (q. Golarktika zoogeografiya oblasti).