ARISTID

ARISTID (Aristeides) (mil. av. taxm. 540 — 467) — afinalik siyosiy arbob va lashkarboshi. Attika aristokratiyasi manfaatlari himoyachisi. Yunon-Eron urushida (mil. av. 500 — 449) Marafon (mil. av. 490), Salamin (mil. av. 480) va Plateya (mil. av. 479) yonidagi janglarda qatnashgan. Delos dengiz ittifoqi tashkilotchisi.